SUSTAINABLE RURAL DEVELOPMENT

Android app by Simplex Service Group LLC. Lifestyle · Simplex Service Group LLC

Store rating
Unknown
Store rating count
Unknown
Download price
Free to download
In-app purchases
Not listed in captured metadata
Version
1.2.2
Listing last refreshed
2026-09-13

View the original store listing

Store description excerpt

BLAOG - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” va “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihalarining mobil ilovasi. Loyihalarni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – respublikaning chekka hududlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, ularni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirish. “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi - mamlakatimizdagi birinchi jamoalarga asoslangan rivojlanish loyihasi hisoblanib, undagi barcha amalga oshiriladigan bosqichlar aholi fikriga asoslangan holda bajariladi. Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 5 ta viloyatning 176 ta mahallalarida jamoa safarbarligi ishlari yakunlandi. Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2020-2024-yillar) o‘z ichiga oladi. Loyiha Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdan nisbatan ortda qolayotgan 21 ta tumanida amalga oshiriladi. Asosiy ijrochi tashkilotlar: Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari. “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini O‘zbekistonning 4 hududida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari (2021-2025-yillar) da amalga oshirish belgilangan. Loyiha orqali respublikaning 20 ta tumanidagi 170 ta mahallada yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, elektr ta’minoti tizimi yaxshilanib, bolalar bog‘chasi, maktab kabi ijtimoiy obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda resurs tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni qo‘llash orqali 710 mingga yaqin aholining turmush darajasini oshirish rejalashtirilgan. Asosiy ijrochi tashkilotlar: Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari.

Review coverage

AppRill has captured 0 reviews for this app. This is a collected sample, separate from the store rating count. Latest review capture: Not captured yet.

Recent captured chart positions

No chart positions have been captured for this app yet.

Chart position, rating count and review coverage do not establish downloads, revenue or profit. Understand the differences.