Абдулмалик мусҳафи

Android app by Hilol Nashr nashriyoti. Books & Reference · Hilol Nashr nashriyoti

Store rating
Unknown
Store rating count
Unknown
Download price
Free to download
In-app purchases
Not listed in captured metadata
Version
1.9
Listing last refreshed
2026-09-17

View the original store listing

Store description excerpt

Assalomu alaykum, aziz Qur’on muxlislari! Muborak Qur’on oyi ‒ Ramazon oyida Sizlar uchun yana bir yangi tuhfa taqdim qilmoqchimiz! Duolaringizdan umidvormiz. O‘tgan sanada Siz azizlarga «Abdulmalik mus’hafi» nusxasining android qurilmalar uchun mobil ilovasini taqdim qilgan edik. Bugun esa uning «egiz»i, diyorimizdagi ko‘pchilik qorilar o‘qib kelayotgan qadimiy mus’haf bosmalaridan biri, qorilar o‘rtasida «Abdurrahmon mus’hafi» nomi bilan mashhur bo‘lgan Qur’on nusxasining android qurilmalar uchun mobil ilovasi tayyorlandi. Unda ushbu mus’haf va undagi belgilar haqida qimmatli ma’lumotlar ham o‘rin olgan. Marhamat, ko‘chirib oling! Qur’onni bizga nozil qilgan Allohga hamdu sanolar, bu aziz Kitobni bizga yetkazgan Muhammad Mustafoga durudu salavotlar bo‘lsin! Sizga taqdim qilinayotgan ushbu elektron mus’haf o‘tgan asrda yurtimizda keng qo‘llangan sanoqli mus’haf turlaridan, aniqrog‘i, eng mashhur ikki mus’haf turidan biri, ularning ko‘proq tarqalgani hisoblanadi. Bugungi kundagi ustoz qorilarimizning ko‘pchiligi aynan ushbu «Abdurrahmon Qur’on» va uning sherigi bo‘lgan «Abdulmalik Qur’on» nomli mus’haflarda o‘qishgan. Bu ikki mus’haf ularni chop etgan noshirlarning nomi bilan atalib qolgan. Ularning yozilish uslublari bir-biriga juda ham yaqin. Bu mus’haflar o‘z davrida eng sifatli va mukammal chop etilgan bo‘lib, bugungi kunda ham qiymatini yo‘qotmagan. Shayx Abdulaziz Mansur janoblari sahhoflik kasbi bilan dong taratgan, ajdodlaridan shu kasb bilan shug‘ullanib kelgan, marg‘ilonlik Abdurauf sahhof degan muqovachi kishidan naql qilishicha, 1924-yilgacha mazkur mus’haflarning bosma taboqlari yurtimizga Hindistondan poyezdda olib kelinar, so‘ng sahhoflar uni kesib, tikib, muqovalab, sotishar ekan. Ushbu ma’lumotga ko‘ra, mazkur ikki mus’haf hindistonlik xattotlar tomonidan yozilgan bo‘lib, o‘sha yerda chop qilingan degan taxmin ham bor. Biroq, mus’hafning xat uslubi Hind diyorlarida tarqagan xat turiga uncha to‘g‘ri kelmaydi. Yurtimizda dinga qarshi kurash avj olib, ilm‑ma’rifat manbalari qatag‘on qilina boshlagach, o‘lkaga mus’haf olib kelish ham to‘xtadi. Aksincha, bori ham xudosizlar tarafidan talon qilindi, yoqib yo‘qotildi. Sanoqli kishilargina bu qirg‘inlardan mus’haflarini asray oldilar. O‘tgan asrning ikkinchi yarmiga kelib, dinga bo‘lgan tazyiq biroz yumshagach, juda oz bo‘lsa-da, yana turli yo‘llar bilan turli xil mus’haflar olib kelina boshladi. Yurtimiz mustaqillikka erishgan ilk yillarda «Abdurrahmon» mus’haf ikki‑uch marta qayta chop qilindi. Ammo bu nashr juda ham oz adadda bo‘lib, davomli bo‘lmadi. Bu mus’haflarga bugun ham ehtiyoj bor, chunki Qur’onni o‘sha mus’haflarda yod olgan ko‘p qorilar takrorni ham shu mus’hafda qiladilar. Mazkur mus’haflarning o‘z davrida keng yoyilishiga asosiy sabab ˗ ularning yozuvi nihoyatda ravon bo‘lishidan tashqari, oldingi ko‘p mus’haflardan farqli ravishda, har sahifa biror oyatning yakuni bilan tugallangan. Shuning uchun ustozlar bu mus’haflarni «Qori Qur’on», ya’ni qorilar o‘qiydigan,

Review coverage

AppRill has captured 0 reviews for this app. This is a collected sample, separate from the store rating count. Latest review capture: Not captured yet.

Recent captured chart positions

No chart positions have been captured for this app yet.

Chart position, rating count and review coverage do not establish downloads, revenue or profit. Understand the differences.