Expand Your English: O'zbekcha

Android app by NovmailApps. Education · NovmailApps

Store rating
Unknown
Store rating count
Unknown
Download price
Free to download
In-app purchases
Not listed in captured metadata
Version
1.2
Listing last refreshed
2026-09-13

View the original store listing

Store description excerpt

Inglizcha–o'zbekcha tanlangan soʻzlarning ingliz va oʻzbek tillaridagi izohli lugʻati “Ingliz tilingizni mukammallashtiring” ilovasi o'zbek talabalariga ingliz tilining Amerika shevasidagi doimiy soʻzlar va iboralarni chuqurroq tushuna olishlariga yordam berish maqsadida beshta kitobcha shaklida tuzilgan. Har bir kitobcha koʻp ishlatiladigan soʻzlarni oʻz ichiga olgan boʻlib, bu soʻzlar ishlatilish mavzusi boʻyicha guruhlarga boʻlingan. Masalan, “Tana aʼzolari va tanaga oid hodisalar” mavzusi tanaga aloqador soʻzlarning guruhidir. Har bir bosh soʻzdan keyin, shu soʻzning Amerikacha inglizcha soʻzlovchilar ishlatishi mumkin boʻlgan hamma maʼnolaridan namunalar berilgan. “Tana aʼzolari va tanaga oid hodisalar” kitobchasida faqatgina 64ta bosh soʻz bor, xolos, lekin umumiy qoʻshimcha maʼnolar 792ta, iboralar bilan idiomalar 408ta. Umuman, beshala kitobcha 684ta bosh soʻzni, 1507ta ibora va idiomalarni va 4583ta maʼnolarini oʻz ichiga olgan. Bu kitobchalar toʻplami ingliz tilida koʻp ishlatiladigan soʻzlarni oʻzbeklar chuqurroq tushuna olishlariga yordam bera oladigan asbob boʻlib xizmat qiladi. Bu soʻzlar ingliz tilida kengaytirilgan maʼnolarda ishlatiladi va tez-tez idiomatik iboralarda uchrab turadigan, odatdagi va doimiy so'zlardir. “Ingliz tilingizni mukammallashtiring” kitobchalar toʻplami — tilni oʻrgatadigan asbob boʻlib, bu odatdagi lugʻatdan keskin farq qiladi. Foydalanuvchilar koʻpincha tarjima muqobillari yoki o'zbekcha soʻzlar berilmaganligini sezishlari mumkin. Ammo har bir ibora yoki gapda so'zlarning aniq maʼnolari keltirilgan. Bu maʼnolar ingliz tilida yozilgan va oʻzbekchaga ham tarjima qilingan. Maʼnolardan keyin esa ingliz tilining Amerika shevasida ishlatiladigan soʻz yoki iborani tasvirlovchi gaplar namunalari berilgan. Bu ham oʻrganuvchilarga ingliz tilidagi soʻzlar va iboralarning maʼnolarini chuqurroq bilishlariga, ularga soʻz boyligini koʻpaytirishlariga, har bir soʻz va iboralarning aniq maʼnolarini oʻzlashtirishiga yordam beradi. Umid qilamizki, bu kitobchalar siz uchun ingliz tilini oʻrgatuvchi asbob vazifasini (oʻrganish jarayonida) bajaradi va undan foydalanish orqali siz ingliz tilingizni chuqurlashtirib olasiz. Foydalanilgan asosiy manba: WordNet: a lexical database for the English language, version 1.5. Princeton University, 1995. Foydalanilgan boshga manbalar: British National Corpus Sampler, release 1.1. Oxford University, 1999. Collins Cobuild English Dictionary, John Sinclair, editor in chief. Harper Collins Publishers, London, 1995. Longman Dictionary of Contemporary English, Adam Gadspy, editorial director. Longman Group Ltd., Essex, 1995. The American Heritage Dictionary, Margery S. Berube, director of editorial operations. Del Publishing, New York, 1989. Webster’s New World Compact School and Office Dictionary, Victoria Neufeldt, editor in chief. Macmillan, New York, 1989.

Review coverage

AppRill has captured 0 reviews for this app. This is a collected sample, separate from the store rating count. Latest review capture: Not captured yet.

Recent captured chart positions

No chart positions have been captured for this app yet.

Chart position, rating count and review coverage do not establish downloads, revenue or profit. Understand the differences.