Dicta
iOS app by NORLAS IT SOLUTIONS, MCHJ. Business · NORLAS IT SOLUTIONS, MCHJ
- Store rating
- 0 / 5
- Store rating count
- 0
- Download price
- Free to download
- In-app purchases
- Unknown
- Version
- 1.1.0
- Listing last refreshed
- 2026-09-07
View the original store listing
Store description excerpt
Dicta — uchrashuvlar uchun yagona platforma. Onlayn qo'ng'iroq o'tkazing, jonli suhbatni yozib oling yoki tayyor faylni yuklang. Transkript, AI xulosa va vazifalarni Dicta o'zi tayyorlab beradi. UCHRASHUVNI YOZIB OLISHNING BESH YO'LI • Onlayn uchrashuv — Dicta Meet xonasini oching va havolani ulashing • Jonli uchrashuv — telefonni stol ustiga qo'ying, bitta mikrofon bir necha ishtirokchini yozadi • Davra suhbati — har kim o'z telefonida yozadi, Dicta hammasini bitta transkriptga birlashtiradi • Notetaker — o'zingiz o'rningizga bot yuboring, u boshqa video-konferensiya xizmatlaridagi qo'ng'iroqqa qo'shiladi • Fayl yuklash — tayyor audio yoki videoni yuklang, transkript va xulosa oling ONLAYN UCHRASHUVLAR Ekranni ulashish, chat va fayl yuborish, reaksiyalar, qo'l ko'tarish, virtual fon va fonni xiralashtirish. Mehmonlar akkauntsiz qo'shila oladi — o'rnatish ham, vaqt cheklovi ham yo'q. TRANSKRIPT — O'ZBEK, RUS VA INGLIZ TILLARIDA Dicta nutqni yuqori aniqlikda matnga aylantiradi. O'zbek va rus tillari aralash gapiriladigan uchrashuvlar uchun alohida rejim bor. So'zlovchilar avtomatik ajratiladi. Ovoz profilini bir marta yozib qo'ysangiz, Dicta keyingi uchrashuvlarda ham ovozdan kimligini o'zi taniydi. 1 SOATLIK UCHRASHUV — 2 DAQIQADA Uchrashuv tugagach AI xulosa tayyor bo'ladi: qabul qilingan qarorlar, muhokama qilingan mavzular va bajarilishi kerak bo'lgan vazifalar. Vazifalarni ilovada belgilang yoki jamoangiz ishlatadigan tizimga yuboring. QIDIRING VA O'SHA LAHZAGA O'TING Barcha uchrashuvlar, transkriptlar va xulosalar bitta joyda. So'z bo'yicha qidiring — bosing va yozuvning aynan o'sha lahzasidan tinglang. Teglar bilan tartibga soling, xulosani havola orqali ulashing. MA'LUMOTLARINGIZ O'ZBEKISTONDA QOLADI Uchrashuv serverlarimiz TAS-IX tarmog'ida joylashgan. Bu — tezroq va barqaror aloqa, hamda ma'lumotlaringiz mamlakat ichida qolishi demak. JAMOA UCHUN Ish maydoni yarating, hamkasblarni email orqali taklif qiling, rollarni belgilang va kim qaysi uchrashuvni ko'rishini o'zingiz nazorat qiling. Xulosalarni Telegram orqali ham olishingiz mumkin. BEPUL BOSHLANG Dicta bepul rejadan boshlanadi — karta talab qilinmaydi. Ko'proq daqiqa va xotira kerak bo'lganda Pro yoki Business tarifiga o'ting yoki bir martalik daqiqa paketini oling. Obuna butun ish maydoni uchun ishlaydi. — Maxfiylik siyosati: https://dicta.uz/privacy Foydalanish shartlari: https://dicta.uz/terms Yordam: https://dicta.uz/support
Review coverage
AppRill has captured 0 reviews for this app. This is a collected sample, separate from the store rating count. Latest review capture: Not captured yet.
Recent captured chart positions
No chart positions have been captured for this app yet.
Chart position, rating count and review coverage do not establish downloads, revenue or profit. Understand the differences.